Shomurodovning goli yetarli bo‘lmadi: O‘zbekiston Kongo DRga mag‘lub bo‘lib, mundialni tark etdi
AQShning Atlanta shahridagi «Mercedes-Benz» stadionida Jahon chempionati K guruhining so‘nggi turi doirasida O‘zbekiston — Kongo DR uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinni faol boshladi va uchrashuvning ilk daqiqasidayoq raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq VAR orqali epizod ko‘rib chiqilgach, gol bekor qilindi. Shunga qaramay, 10-daqiqada Eldor Shomurodov hisobni ochib, jamoani oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim davomida O‘zbekiston o‘yinni nazorat qildi va tanaffusgacha minimal ustunlikni saqlab qoldi — 1:0.
Ikkinchi bo‘limda tashabbus DR Kongo futbolchilari sezilarli faollashdi. 68-daqiqada Yoan Vissa penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, Fiston Mayele Afrika jamoasini oldinga olib chiqdi. Qo‘shimcha vaqtning birinchi daqiqasida esa Vissa dubl qayd etib, hisobni 3:1 ga yetkazdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk Jahon chempionati ishtirokini guruh bosqichida ochko jamg‘arolmay yakunladi.
Jahon chempionati-2026
K guruhi. 3-tur
O‘zbekiston — Kongo DR — 1:3
Gollar: 1:0 — Eldor Shomurodov, 10; 1:1 — Yoan Vissa, 68 (penalti); 1:2 — Fiston Mayele, 78; 1:3 — Yoan Vissa, 90+1.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter