Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniyalik shifokor pandemiya boshlanishiga oid shov-shuvli sababni oshkor qildi

Germaniyalik shifokor pandemiya boshlanishiga oid shov-shuvli sababni oshkor qildi

Foto: «Genomecontext.com»

Hozirgi kunda butun dunyoda koronavirusning Italiya shtammi tarqalmoqa. Yevropada hech kim infeksiya xavfiga e’tibor bermagani bois virus mamlakat shimolida mutatsiyaga uchragan. Bu haqda germaniyalik epidemiolog Aleksandr Kekule «ZDF» efiri orqali e’lon qildi.

«Global pandemiya Italiya shimolida boshlangan», — deydi mutaxassis.

Uning fikricha, kasallanganlarning 99%idan ko‘pi Italiya shimolida mutatsiyaga uchrashi natijasida kelib chiqqan shtammni yuqtirib olishgan. Shunga qaramay, Kekule COVID-19ning qo‘zg‘atuvchisi — SARS-nCov-2 virusi ilk bor Uxanda paydo bo‘lganligini ta’kidlamoqda.

Epidemiologning qayd etishicha, koronavirus Italiyada bir necha hafta davomida sezdirmasdan tarqalgan. Bu uning mutatsiyaga uchrab, odamlarga yaxshiroq moslashib olishiga imkon bergan.

Kekule koronavirus xavfi haqidagi ogohlantirishni e’tiborsiz qoldirgan yevropaliklarning qo‘pol xatosiga ishora qilgan. Unga ko‘ra, hech kim xavfni jiddiy qabul qilmagan.

Shifokor, shuningdek, Germaniya hukumatini ham keskin tanqid qildi. U virusologlarning pandemiya ikkinchi to‘lqini yaqinlashayotgani haqida bir ovozdan ogohlantirishlariga qaramay, hukumat unga tayyorgarlik ko‘rmaganini eslatdi. COVID-19 qo‘zg‘atuvchisi kabi viruslar, ayniqsa, yilning sovuq paytlarida «kuniga emas, soat sayin» tarqaladi. Endi nemislar «haqiqiy dushman» bilan to‘qnashishiga to‘g‘ri keladi, deya ta’kidladi Kekule.

Koronavirus pandemiyasi qariyb butun Yer yuzini qamrab oldi. Taxminan 61 million kishi kasallikka chalinib, ulardan 1,4 million nafari vafot etdi. Kovid holati eng ko‘p AQSh, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring