Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistonda IIB va Milliy gvardiya xodimlari ishdan bo‘shatildi. Ular fuqaroni ikki quti sigaret evaziga postdan o‘tkazishgan

Gulistonda IIB va Milliy gvardiya xodimlari ishdan bo‘shatildi. Ular fuqaroni ikki quti sigaret evaziga postdan o‘tkazishgan

Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan videolavha yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Videoda Koronavirus infeksiyasini Sirdaryo viloyati hududidiga kirib kelishini oldini olish maqsadida Guliston shahar Do‘stlik mahallasining Xondamir ko‘chasidan Guliston shahar markaziga o‘tish joyida vaqtinchalik tashkil etilgan karantin blok postida xizmat olib borayotgan Ichki ishlar organi xodimi video tasvirga olgan fuqaroning stikeri borligi haqidagi vajiga qarmasdan karantin blok postdan o‘tib ketishi uchun 2 (ikki) quti «KENT-6» nomli sigaret olib kelishini aytib, fuqaro sigaret olib kelganidan so‘ng karantin blok postga xizmatga jalb qilingan Milliy Gvardiya xodimi aytilgan sigaretlarni olib qolib, fuqaroni blok postdan o‘tib ketishiga ruxsat berganligi holati aks etgan.

Mazkur xolat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra 3 nafar rahbar xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilib, 1 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 1 nafar xodim esa Ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etishlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, qat’iy intizomiy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring