Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirish antirekordi yangilandi, ikki kishi qurbon bo‘ldi

Koronavirus yuqtirish antirekordi yangilandi, ikki kishi qurbon bo‘ldi

2021-yil 17-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86680 (+342) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
3 nafari Andijon viloyatida,
10 nafari Buxoro viloyatida,
8 nafari Jizzax viloyatida,
2 nafari Navoiy viloyatida,
3 nafari Namangan viloyatida,
29 nafari Samarqand viloyatida,
3 nafari Sirdaryo viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
4 nafari Farg‘ona viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
 50 nafari Toshkent viloyatida,
221 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 638 nafarni tashkil qildi. 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1999 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring