Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva muhojirlarni «Sputnik Layt» bilan emlamoqchi

Moskva muhojirlarni «Sputnik Layt» bilan emlamoqchi

Foto: «Nation-news.ru»

Moskva rasmiylari muhojirlarni iyul oyining boshida COVID-19ga qarshi emlashni boshlash niyatida. Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash uchun Moskvadagi muhojirlar katta ehtimol bilan «Sputnik Layt»dan foydalanadi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyaninning blogiga asoslanib «Narodnie novosti» xabar bermoqda.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili, avvalambor, Rossiya fuqarolarini vaksinalar bilan ta’minlashga qaror qilingan.

«Sputnik Layt»ni ishlab chiqarish endi boshlandi. Katta ehtimol bilan biz undan muhojirlarni emlash uchun foydalanishga ruxsat olamiz», — deydi Sobyanin.

Shahar ma’muriyati muhojirlarni emlashni iyul oyining boshidan boshlashni rejalashtirmoqda, ammo kutilganidan oldin ham boshlanish ehtimoli yo‘q emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring