Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan, Xorazm va Toshkentda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

Namangan, Xorazm va Toshkentda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

2020-yil 6-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4064 (+42) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 2 nafar Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 6 nafari Namangan viloyati, 3 nafari Toshkent shahrida va yana 3 nafari  esa Xorazm viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 801 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring