Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar koronavirusning yangi kutilmagan alomatini aniqlashdi

Olimlar koronavirusning yangi kutilmagan alomatini aniqlashdi

Foto: «Yandex.com»

Angliyaning Liverpul Qirollik universiteti shifoxonasi olimlari oshqozonosti bezi kasalliklaridan qiynalayotgan odamlarda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi alomatni aniqlashdi. Tadqiqot natijalari «Gastroenterology» jurnalida chop etildi.

Bemorlarning bir guruhida, asosan ortiqcha vazn va semizlikdan qiynalayotgan yoshlarda kutilmaganda umumiy yallig‘lanish hamda qon tarkibida ko‘p qand va yog‘ topilgan. Garchi alomatlar mazkur kasallikka xos bo‘lmasa-da, bu holat pankreatit bilan og‘riyotgan bemorlarga ishora qilgan. Ushbu kashfiyot bemorlarga pankreatit tashxisini ertaroq qo‘yishga yordam berishi mumkin.

O‘tkir pankreatit — oshqozonosti bezi yallig‘lanishi bo‘lib, u qorinning tepa qismidagi og‘riqlar, ich ketishi va qayt qilishlar bilan kechadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring