Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda koronavirus yuqtirgan 61 yoshli bemor vafot etdi

Samarqandda koronavirus yuqtirgan 61 yoshli bemor  vafot etdi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim holatlari ko‘payib bormoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Samarqand viloyati Urgut tumani yashovchi 61 yoshli O.N. joriy yil 27-iyun kuni koronavirusga chalingan bemor bilan birlamchi muloqotda bo‘lganligi sababli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va davo muolajalari boshlangan.

Unga koronavirus infeksiyasi og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi asorati bilan kechgan.

Bemor bundan avval surunkali buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, o‘tkir miokard infarkti bilan ham og‘rigan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot instituti mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiyalar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Bu koronavirus yuqtirgan bemorlar orasidagi 38-o‘limdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring