Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp endi xavfli emas

Tramp endi xavfli emas

Foto: «Oko-planet.su»

COVID-19ni boshidan o‘tkazgan AQSh prezidenti Donald Tramp endi zararli emas. Bu haqda uning davolovchi shifokori Shon Konli ma’lum qildi.

Tibbiyot xodimining ta’kidlashicha, oxirgi tahlil natijalari Oq uy rahbari endi atrofdagilarga virusni yuqtirmasligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun endi u o‘z-o‘zini izolyasiya qilish tartibidan chiqishi mumkin.

10-oktyabr kuni Tramp koronavirusni yuqtirib olgandan so‘ng birinchi marta omma oldiga chiqdi. Tadbir Oq uyning janubiy maydonchasida tarafdorlari ishtirokida o‘tkazildi, davlat rahbari niqob taqmagandi.

Avvalroq Amerika yetakchisi koronavirus chaqirgan kasallik paytida o‘zini yaxshi his qilmaganini aytgandi. Uni tomografiya qilishdi, negaki o‘pka yallig‘lanishiga gumon bo‘lgan. Lekin kasallik tasdiqlanmadi.

Trampning koronavirusni yuqtirib olgani 2-oktyabr kuni ertalab ma’lum bo‘ldi. Test natijalari rafiqasi Melanya Tramp ham kasallikka chalinganini ko‘rsatdi. Bir necha kundan so‘ng prezidentda infeksiyaga antitanacha topildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring