Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksina kimlarga mumkinmas?

Vaksina kimlarga mumkinmas?

Illyustrativ foto

Bugun Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda dolzarb savollar yuzasidan javob qaytarildi.

COVID-19ga chalinib zotijam bo‘lgan va tuzalganlarga grippga qarshi vaksina qilish mumkinmi? Qanday holatlarda emlash mumkinmas?

— COVID-19  bilan kasallanib tuzalgan bemorlarga grippga qarshi vaksina qilish mumkin.

Grippga qarshi vaksina bir yillik vaksina bo‘lib, u har ili uchrashi mumkin bo‘lgan grippning shtammlariga qarshi ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, bu vaksina bilan inson organizmi aynan grippning shu shtammlariga qarshi immunitet hosil qiladi. U kovid bilan kasallangan va tuzalgan bemorlarni kuz-qish mavsumida grippning keladigan shtammlaridan ma’lum darajada himoya qiladi yoki kasallikni yengil kechishini ta’minlab beradi.

Emlash kimlarga mumkinmas:

  • Ortirilgan immun tanqis holatlar, ya’ni OITS kasalligining turli bosqichlarida;
  • vaksina tarkibidagi ad’yuvanti, ya’ni vaksina ishlab chiqilgan asosiy vosita va qo‘shimchalariga nisbatan allergik holat;
  • bolalarda miyaning organik qismida o‘zgarish keltirib chiqaruvchi nevrologik kasalliklarning zo‘rayib borishi davri.

Barcha somatik kasalliklar avj olish davrida tana haroratining 38° S dan yuqori ko‘tarilishi, diareya, ich ketish, qusish, tutqanoqlar, qon bosimini ko‘tarilishi yoki tushishi, kuchli og‘riq sindromida va hokazolar o‘tib ketganidan keyin shifokor ko‘rigidan o‘tib, sog‘lom deb tashxis qo‘yilganida, tibbiyot muassasida shifokor-immunolog, pediatr yoki terapevt nazorati ostida emlanish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring