Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaqin soatlar ichida faqat uchta hududda koronavirus holati qayd etildi

Yaqin soatlar ichida faqat uchta hududda koronavirus holati qayd etildi

Foto: «Voanoticias.com»

2020-yil 22-sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 685 (+194) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 167 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Namangan viloyatida hamda 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 213 nafar, Toshkent viloyatida 84 nafar, Namangan viloyatida ham 84 nafar, Samarqand viloyatida 25 nafar, Andijon viloyatida 16 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Jizzax viloyatida 11 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 49 067 (+461) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 176 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring