Doktor Haus qaytmoqda: endi u kapitan

Britan aktyori Hyu Lori HBO telekanali uchun suratga olinayotgan komediya janridagi yangi «Avenyu 5» teleserialida kosmik kema kapitani rolini o‘ynaydi, deb xabar bermoqda «Life». Bungacha aktyor muxlislarga «Doktor Haus» serialidagi bosh roli bilan yaxshi tanilgandi.
Yangi serialni shotlandiyalik rejissyor va satirik Armando Iannuchchi suratga oladi. Bungacha u komediya janridagi «Vitse-prezident» serialini olgan.
Loyiha hozir ishlanish bosqichida. HBO kanali namuna lavhalarni olishga buyurtma bergan. Tasvirga olish ishlari Londonda boshlanadi. Hyu Lorini kosmik kema kapitani Rayan Klark qiyofasida ko‘ramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter