Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng diqqatga sazovor joylari aniqlandi (foto)

Dunyoning eng diqqatga sazovor joylari aniqlandi (foto)

1. Sevilyadagi Ispaniya maydoni

Foto: «Culture Trip»

Ekspertlar jahondagi 99 ta diqqatga sazovor joy orasidan eng yaxshilarini aniqlashdi. Reyting sayyohlar qoldirgan izohlar, bronlash saytlaridagi baholar, transportning qulayligi, xavfsizlik va «Instagram»da eng ko‘p tilga olinish kabi jihatlar asosida tuzildi.

Sevilyadagi Ispaniya maydoni jahondagi eng yaxshi diqqatga sazovor joy deb topildi.

Yetakchi beshlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

2. Matterhorn tog‘i (Shveysariya)


3. Pyui-dyu-Fu (Fransiya) tarixiy ko‘ngilochar parki


4. Kordova jome’ masjidi (Ispaniya)


5. Shayx Zayd Katta masjidi (BAA)

Keyingi o‘rinlarda: Amsterdamdagi Van Gog muzeyi, Islandiyadagi Moviy ko‘rfaz, Afina Akropoli, Budapeshtdagi Vengriya parlamenti binosi, AQShdagi Greyt-Smoki-Mauntins milliy bog‘i.

Ayrim mashhur go‘shalarning ushbu reytingdagi o‘rni:

  • Kolizey (Rim) — 15-o‘rin
  • Metropoliten muzeyi (Nyu-York) — 18-o‘rin
  • Ermitaj (Sankt-Peterburg) — 25-o‘rin
  • Opera teatri (Sidney) — 29-o‘rin
  • Burj-Xalifa (Dubay) — 34-o‘rin
  • Ozodlik haykali (Nyu-York) — 41-o‘rin
  • Luvr muzeyi (Parij) — 43-o‘rin
  • Eyfel minorasi (Parij) — 56-o‘rin
  • Tojmahal (Agra) — 88-o‘rin.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring