Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jonni Deppni xotin kishiga almashtirishdi

Jonni Deppni xotin kishiga almashtirishdi

Foto: «24tv»

Taniqli Hollivud yulduzi Jonni Depp faoliyatidagi «qora kunlar»ni boshdan o‘tkazyapti. U yaqinginada «Karib dengizi qaroqchilari»dagi Jek Chittak rolidan ayrilgandi, endi bo‘lsa «Ko‘rinmas odam»dan «badarg‘a qilishdi». Bu haqda «DC» xabar berdi.

«Universal» kinokompaniyasi bu qarorni izohlashicha, «Ko‘rinmas odam» mualliflari film mohiyatini keskin o‘zgartirishgan. Endi bosh qahramonni xotin kishi o‘ynaydi. Taxminlar yo‘q emas, katta ehtimol bilan bu — Elizabet Moss.


Mavzuga oid: Jonni Depp sobiq xotinidan 50 million dollar undirmoqchi


Eslatib o‘tamiz, «Qaroqchilar»dan haydalishida tushum kamayib ketgani va Deppning yoshi o‘tib qolgani (aktyor bu yil 56 ga to‘ladi) bahona qilingandi. Studiya bu film ustida ham ish boshlash arafasida. Aytishlaricha, mazkur kinoasar bosh roliga ham ayol kishi taklif etiladi.

«Ko‘rinmas odam» filmi premerasi 2020-yilga mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring