Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Leonardo Di Kaprio «Kalmar o‘yini»da suratga tushishi mumkin

Leonardo Di Kaprio «Kalmar o‘yini»da suratga tushishi mumkin

Foto: 24 Kanal

Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio «Kalmar o‘yini» serialining uchinchi mavsumida suratga tushishi mumkin. Variety xabar berishicha, serial rejissyori Xvan Don Xyok Seulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida shunday dedi.

Bugun, 16-sentyabr kuni Netflix kompaniyasi ushbu loyiha («Kalmar o‘yini») «Emmi» mukofoti bilan taqdirlanishi sharafiga matbuot anjumanini tashkillashtirdi. Tadbirda rejissyordan serialning ikkinchi mavsumida Gollivudning taniqli aktyorlaridan birontasi qatnashadimi, deb so‘rashdi.

«Ikkinchi mavsumda Gollivudning bironta taniqli aktyorini ko‘rmaysiz. Bu rejada yo‘q. Chunki voqealar yana Koreyada bo‘lib o‘tadi. Agar rejamiz o‘zgarsa, uchinchi mavsumda Gollivud aktyorini taklif etishimiz mumkin. Leonardo Di Kaprio «Kalmar o‘yini»ning muxlisi ekanini aytgandi, agar vaqt va qurbimiz imkon bersa, uni «O‘yin»ga qo‘shishga urinib ko‘ramiz», — dedi rejissyor Xvan Don Xyok.

Xvanning aytishicha, «Kalmar o‘yini»ning ikkinchi mavsumini suratga olish 2023-yilda boshlanib, 2024-yilda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring