Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oksford lug‘ati yil so‘zini tanladi

Oksford lug‘ati yil so‘zini tanladi

Foto: ABC News

Oksford lug‘ati 2025-yil so‘zini aniqladi. Bu rage bait (so‘zma-so‘z tarjimasi — «g‘azab uchun tuzoq») iborasidir, deb xabar berdi Oxford University Press.

Lug‘atda rage bait provokatsiya yoki haqoratlardan foydalanish orqali g‘azabni qo‘zg‘atish uchun yaratilgan onlayn kontent sifatida ta’riflanadi. Odatda, bunday materiallar sahifaga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish maqsadida chop etiladi.

Oxford University Press bu atamaning mashhurligini odamlarning internetdan ongli ravishda foydalanishi o‘sishi bilan bog‘ladi, shu bois e’tiborni jalb qilish uchun provokatorlar soni ham ko‘payib bormoqda. Bu hodisa siyosiy munozaralarning shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi bir yil ichida iboraning ishlatilish sur’ati uch baravar oshdi.

Avvalroq Kembrij lug‘ati 2025-yil so‘zi sifatida «parasotsial» (parasocial) atamasini tanlagandi. Bu insonning mashhur shaxslar, kitob qahramonlari yoki sun’iy intellekt bilan bir tomonlama yaqin aloqa o‘rnatishi hodisasidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring