Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashshoq rassomning asari 117 million dollarga sotildi

Qashshoq rassomning asari 117 million dollarga sotildi

Vinsent Van Gogning «Sarvlar bilan o‘ralgan mevali bog‘» asari.

Buyuk golland rassomi Vinsent Van Gogning «Sarvlar bilan o‘ralgan mevali bog‘» asari Nyu-Yorkdagi Christie’s auksionida 117 million dollarga sotildi. Rasm kimning qo‘liga o‘tgani noma’lum, ekspertlarning fikricha, u osiyolik bo‘lishi mumkin.

Asar Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri, marhum Pol Allen (1953–2018)ga qarashli edi. Mazkur kimoshdi savdolarida Allenning jamg‘armasida saqlangan san’at asarlari jami 1,5 mlrd dollarga sotildi. Christie’s ma’lum qilishicha, hali hech qachon san’at tarixida bunchalik yirik va boy auksion bo‘lmagan.

Van Gogning ham hech bir asari bu qadar qimmat sotilmagandi. Oldingi rekordni uning «Doktor Gayshe portreti»ni 82 mln dollarga sotib olgan yapon tadbirkori o‘rnatgandi.

Vinsent Van Gog (1853–1890) — postimpressionizm yo‘nalishida ijod qilgan buyuk mo‘yqalam ustalaridan biri. Mashhur asarlari: «Kungaboqarlar», «Irislar», «Kafedagi tungi terrasa».

Rassom qashshoqlik va g‘urbatda umr kechirgan, asarlari hayotlik paytida qadrlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring