Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qo‘qon shamoli» tarixiy filmining bosh rollari uchun aktyorlar tasdiqlandi

«Qo‘qon shamoli» tarixiy filmining bosh rollari uchun aktyorlar tasdiqlandi

Foto: Dilmurod Masaidov

«O‘zbekkino» MA buyurtmasiga binoan prodyuser Mahmud Erkaboyev va rejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan suratga olinayotgan «Qo‘qon shamoli» nomli tarixiy filmning bosh rol ijrochilari tasdiqlandi. Bu haqda film rejissyori Dilmurod Masaidov ma’lum qildi.

«Qo‘qon shamoli» tarixiy filmining ssenariysi 2018-yilning iyul oyida «O‘zbekkino» MA badiiy kengashidan o‘tgan bo‘lib, dastlabki tayyorgarlik ishlari 6-7 oy davom etgan.

Filmdagi Nodirabegim roli uchun ellikdan ortiq, Amir Umarxon roli uchun 30-40 atrofida, Amir Olimxon roli uchun esa o‘ttizga yaqin aktyor va aktrisalar kasting topshirgan.

Foto: Dilmurod Masaidov

«Qo‘qon shamoli» filmining fotosinov jarayonlarida Nodirabegim roli uchun Dilnoza Kubayeva, Shahzoda Matchonova, Sevara Soliyeva, Asal Shodiyeva, Shahlo Temirova, Feruza Normatova, Nargiza Abdullayeva kabi taniqli va professional aktrislardan toki havaskor aktrisalargacha, jami bo‘lib ellikdan ortiq aktrisalar ishtirok etishdi.

Uzoq davom etgan foto hamda video sinovlardan so‘ng Nodirabegim roliga yosh aktrisa Rayhon Asatova, Amir Umarxon roliga aktyor Ilhom Berdiyev, Olimxon roliga esa aktyor Bobur Yo‘ldoshev tasdiqlandi.

Foto: Dilmurod Masaidov

«Qo‘qon shamoli» tarixiy filmining so‘nggi tayyorgarlik jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Filmning suratga olish ishlari 2019-yilning aprel oyining o‘rtalarida boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Film Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari haqida bo‘lib, asosan Qo‘qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring