Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston 2018-yilda turizm uchun maqbul yo‘nalish deb topildi

Turkmaniston 2018-yilda turizm uchun maqbul yo‘nalish deb topildi

Turkmanistonning tarixiy obidalari o‘tmish bilan qiziquvchi sayyohlarning diqqatini o‘ziga tortishi tabiiy.

Foto: «commons.wikimedia.org»

Italiyaning «Rai Tre» telekanali tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, Turkmaniston 2018-yil uchun eng maqbul yo‘nalish deb topildi. ORIENT.tm axborot agentligi xabariga ko‘ra, mazkur so‘rovda dunyoning turli qit’alariga sayohat qilgan turistlarning, mazkur telekanal orqali yoritilgan, turli mamlakatlarga oid ko‘rsatuvlarni ko‘rgan tomoshabinlarning fikrlari o‘rganilgan.

Darhaqiqat, Turkmanistonning tarixiy obidalari o‘tmish bilan qiziquvchi sayyohlarning diqqatini o‘ziga tortishi tabiiy. Jumladan qadimiy Oltin-tepa shahri o‘zining tosh obidalari bilan “Turkmanistondagi Stounxendj” nomini olgan. Bu qadimiy shahar Bronza davrida – eramizdan avvalgi 2300-1900 yillarda bunyod etilgan. Bu yerda turistlar qadimgi Elam va Shumer mixxat bitiklarini eslatuvchi bitiklar  bilan tanishishlari mumkin.

Sayyohlarda ko‘hna Parfiya qadimiy shaharlari, xususan uning madaniy poytaxti bo‘lgan Niso shahri katta qiziqish uyg‘otadi. Buyuk Marg‘iyona shahar va qal’alari ham turistlarni befarq qoldirmaydi. Tarixda aynan shu hududda yunonlar va rimliklar xitoyliklar bilan to‘qnashishgan.

Shuningdek, Turkmanistonning sharqida o‘rta asrlarga oid yodgorliklar ham uchraydi. El Arslon, Tekesh, To‘rabek xonim, Ostona bobo maqbaralari, Qutlug‘ Temur minorasi sayyohlarni xayolan olis o‘tmishga yetaklaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Turkmanistonda Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan yodgorliklar bo‘yicha ilmiy tekshirish va arxeologik tadqiqotlarni olib borish, madaniy merosni keng targ‘ib etish bo‘yicha Davlat dasturi qabul qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring