Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

34.000 AQSh dollarini «yeb ketgan» sobiq «bozorqo‘m» o‘rinbosariga «ish» ochildi

34.000 AQSh dollarini «yeb ketgan» sobiq «bozorqo‘m» o‘rinbosariga «ish» ochildi

Foto: «Google.com»

Hamma bozorlarda ahvol shu: bir parcha yer maydoniga egalik qilishning o‘zi bo‘lmaydi. Toshkent shahrida-ku, inchunin. Buning uchun  yo zaring yoki zo‘ring bo‘lish kerak. Inkor etib bo‘lmas bunday «yozilmagan qoida»ni doim ham isbotlab bo‘lmaydi, to‘g‘ri. Biroq ora-sira «lop» etib chiqib qoladigan faktlar  gavjum bozorlarda muqim savdo nuqtasi ega bo‘lish har kimga ham emasligini tasdiqlayveradi, tasdiqlayveradi...

Mana bitta misol.  Tadbirkor F. N. «Yunusobod dehqon bozori» hududiga oltita muzlatgich o‘rnatish, yana yangi qurilayotgan do‘konlardan bir emas, uchtasiga ehtiyoj sezdi. «Bozorqo‘m» o‘rinbosari (endilikda sobiq) M. R. bilan gaplashgandiki, masala ijobiy hal qilsa bo‘ladigan. Shunchaki emas, albatta: «uzatish» kerak! Qancha? Aytildi: 34000 AQSh dollari!

Aytilgan summa berildi ham. Biroq masala hal bo‘lmadi. Shundan keyin  «yoz-yoz» boshlandi. Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «bozorqo‘m» o‘rinbosari qo‘lga kiritgan 34 000AQSh dollarini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring