Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8 yoshli qizini kaltaklagan mast ayol reabilitatsiya markaziga joylashtirildi

8 yoshli qizini kaltaklagan mast ayol reabilitatsiya markaziga joylashtirildi

Bir muddat oldin Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi gul do‘konlarining birida mast ayol 8 yoshli qizini haqoratlab urgani aks etgan video tarqalgan va tuman IIB tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan edi. 

Tuman hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, holat tumandagi «Oqibat» mahallasi Markaz-1 dahasida joylashgan do‘konda yuz bergan. Huquqbuzar ona V.A. Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turadi.

Ayni paytda mazkur holat Bolalar Ombudsmani tomonidan nazoratga olingan. Fuqaroning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hokimlikka ko‘ra, 2015-yilda tug‘ilgan jabrlanuvchi V.I.ga yordam ko‘rsatish maqsadida, Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga, uning onasi 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro V.A. esa Toshkent shahar ayollarni reabilitatsiya va moslashtirish markaziga joylashtirilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring