Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Antistrumin»dan bolalar nobud bo‘layotgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritildi

«Antistrumin»dan bolalar nobud bo‘layotgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritildi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Telegram messenjerida Ukraina kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Antistrumіn-Darnitsya» preparati surati ilova qilinib, ushbu dori iste’molidan O‘zbekistonda bolalar bolalar nobud bo‘lganligi hamda ushbu preparatni qo‘llamaslik to‘g‘risida noma’lum ayol kishiga tegishli audio tarqalgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Markazning bildirishicha, xabarda aytilayotgan ma’lumotlar haqiqatga mutlaqo zid.

«O‘zbekistonda dori vositasi tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi uchun qonunchilikka muvofiq, qoida tariqasida dastlab davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Mazkur jarayonda dori vositasining tegishli hujjatlari o‘rganilib, markaz laboratoriyalari tomonidan uning sifati, xavfsizligi va samaradorligi tasdiqlangandan so‘ngina, ijobiy xulosalar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Shu bilan birga ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositasining har bir seriyasi sertifikatlashtirish jarayonidan o‘tib, har bir seriya mahsulotga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi.

Audioxabarga surati ilova qilingan Ukraina kompaniyasiga tegishli «Antistrumіn-Darnitsya» dori vositasi esa O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lib, tibbiyot amaliyotida qo‘llanishiga ruxsat etilmagan», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring