Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Avtomobil hamma uchun va xohlagan paytda erisha oladigan masala bo‘lishi kerak emas» – Alisher Qodirov

«Avtomobil hamma uchun va xohlagan paytda erisha oladigan masala bo‘lishi kerak emas» – Alisher Qodirov

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirovning aytishicha, qancha harakat qilinishidan qat’i nazar xususiy transport maqomini hal qilmay turib jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha ko‘zlagan maqsadga yetib bo‘lmaydi.

«O‘zbekistonda so‘nggi 10 yil ichida xususiy transport besh barobarga ko‘payganini hisobga oladigan bo‘lsak – bu katta bir tahdidga aylanishni boshladi. Biz hali Jahon savdo tashkilotining (JST) protokoliga uyg‘unlashishni boshlaganimiz yo‘q hali. Ertaga JSTning platformasiga kirgandan keyin mashinalar yana ham imkoniyatli bo‘ladi va O‘zbekistondagi bugungi tirbandlik masalasi aniq iqtisodiyotning, jamoatchilik harakatining katta bir muammosiga aylanadi. Hoziroq o‘zi muammoga aylandi», – deydi Alisher Qodirov.

Spiker o‘rinbosari bu kabi holatning oldini olish uchun Xitoy va Singapur tajribasini misol qilib keltirdi.

«U yerda ham avtomashinani sotib olish qiyin emas, narxini o‘zi belgilab ololmaydi, chunki Jahon savdo tashkilotining talablari bor. Lekin avtomobilga xizmat ko‘rsatish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar judayam qimmat hisoblanadi. «Parkovka» bo‘lsin yoki soliqlar joriy qilish orqali, pullik yo‘llar orqali – avtomobilni sotib olish oson, lekin undan foydalanish qimmatga aylangan. Singapurda ham xuddi shunday. U yerda ham xususiy transportdan foydalanishni qimmat qilish hisobiga tirbandlik muammosi hal qilingan», – deydi Qodirov.

Deputat O‘zbekistonni ham yaqin 5-6 yil ichida xuddi shunday juda katta muammo kutayotganini hisobga olib, transport vaziriga transportni rivojlantirish konsepsiyasida aynan shu masalalarga hozirdan e’tibor berishni, xususiy transportning maqomi bo‘yicha jiddiy takliflar tayyorlashni taklif qildi.

Qodirovga ko‘ra, jamoat transportini qulaylashtirish orqali bu muammoga yechim topish mumkin.  Shuning barobarida u “xususiy transport hamma uchun va xohlagan paytda erisha oladigan masala bo‘lishi kerak emas” degan fikrni ilgari surgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring