Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayrim hududlarida havo harorati 2 darajadan pasayib ketdi – mutaxassis

Ayrim hududlarida havo harorati 2 darajadan pasayib ketdi – mutaxassis

O‘zgidromet bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmasligi, faqat Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo va Tokent viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek, ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Gidrometeorolog Erkin Abdulahatovning yozishicha, Qamchiq dovonidagi dengiz sathidan 2,2 km balandlikdagi «Qamchiq» meteorologik stansiyada soat 17:00 holatiga havo harorati +2.2 darajagacha pasayib ketgan.

Dovondan kesib o‘tgan avtomobil yo‘li yuqori qismlarida qor yog‘ayotgani ham aytilmoqda.

Shuningdek, Jizzax viloyati Zomin tumanining dengiz sathidan 2,4 km baland qismi «Suffa» platosida ham havo harorati soat 18:50 holatiga +2 darajadan pasayib ketgan.

«O‘zbekiston ayni daqiqalarda markazida atmosfera bosimi 1030 gPa gacha bo‘lgan antitsiklon janubiy chekkasida turibdi. Hududlarda havo harorati past va aholi bu haroratni shamol hisobiga yanada pastroq his qilmoqda», – deb yozmoqda mutaxassis.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring