Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda yuk mashinasi teplovoz bilan to‘qnashib ketdi

Buxoroda yuk mashinasi teplovoz bilan to‘qnashib ketdi

Kecha, 6 iyun kuni Buxoro viloyati Kogon tumanidan o‘tuvchi temir yo‘lda teplovoz va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Joriy yilning 6 iyun kuni taxminan soat 16:10 larda Kogon tumani hududidan o‘tuvchi qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan harakatlanib kelayotgan poyezd teplovozi Buxoro tumani Zarmanoq mahallasida yashovchi B.I. boshqaruvidagi «Chakman» rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Mazkur to‘qnashuv natijasida hech kim tan jarohati olmagan, faqatgina transport vositalariga biroz texnik shikast yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring