Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkaziladi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkaziladi

Prezident Mirziyoyev ishtirokida ayni paytda davom etayotgan yig‘ilishda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 116 ta oliygohni o‘rganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Shuningdek, vazirlik mazkur OTMlarga «milliy», «davlat» universiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq mezonlarini belgilashi kerak.

Bundan tashqari, yig‘ilishda «El-yurt umidi» jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkazilishi va xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi belgilandi.

Endi jamg‘arma hisobidan yoshlarni chet elga o‘qishga yuborishda malakali va sifatli injener hamda texnologlar tayyorlashga ustuvorlik beriladi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring