Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Harbiylar o‘rtasida «Mudofaa vaziri kubogi» musobaqasi o‘tkazildi

Harbiylar o‘rtasida «Mudofaa vaziri kubogi» musobaqasi o‘tkazildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Toshkent harbiy okrugiga qarashli Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda maxsus bo‘linmalar o‘rtasida boks bo‘yicha «Mudofaa vaziri kubogi» chempionati o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

4 kun davom etgan musobaqada charm qo‘lqop ustalari 6 vazn toifasi bo‘yicha bellashdi. Umumjamoa hisobida g‘oliblik esa 4 oltin medal jamg‘argan Sirdaryo viloyatidagi harbiy qism harbiy xizmatchilariga nasib etdi. Ularga «Mudofaa vaziri kubogi» topshirildi.

Turnir yakunida g‘olib va sovrindorlarga medallar hamda Mudofaa vaziri nomidan fahriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.

Chempionat doirasida harbiylar jahon chempioni, faxriy bokschi Rufat Risqiyevning xonadoniga bordilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring