Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil oxirigacha O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 12 foizga tushiriladi

Yil oxirigacha O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 12 foizga tushiriladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda 1 mln. 200 ming kambag‘al oilalar ro‘yxati shakllantirilib, «Onlayn mahalla» elektron platformasiga kiritilgan, endi ularni kambag‘allikdan chiqarish uchun individual ish olib boriladi, deydi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov.

Uning ta’kidlashicha, mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlar ishlab chiqilgan va ular «Onlayn mahalla» platformasiga joylashtirilgan. Bundan tashqari, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha reglament ham tasdiqlangan.

«Yil yakuniga qadar respublikamizda 127 ming 500 ta oila kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasini 12 foizga tushirish choralari ko‘rilmoqda», deb aytgan Faxriddin Hayitov.

Ta’kidlanishicha, ushbu rejalar «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida alohida vazifa sifatida belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring