Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kovid-markazlardagi xodimlarga to‘lanadigan maxsus ustama 4 barobarga kamaytirildi

Kovid-markazlardagi xodimlarga to‘lanadigan maxsus ustama 4 barobarga kamaytirildi

Prezidentning joriy yil 14-iyundagi PF-96-son Farmoni bilan Hukumatning 2020-yil 24-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 583-son qarori 2-bandiga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, 2023-yil 15-iyundan e’tiboran koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun ish yuklamalarini inobatga olgan holda ularning tarif stavkalariga 50 foiz miqdorida maxsus ustama to‘lovi amalga oshiriladi.

Bunda anesteziolog-reanimatolog vrachlariga maxsus ustamalar 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisob-kitob qilinadi va to‘lab beriladi. Shuningdek, maxsus ustama to‘lovlari to‘lanadigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, shu kungacha kovid-markazlardagi xodimlarga maxsus ustama 200 foiz miqdorida hisoblangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring