Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ma’muriy sudlarga murojaat uchun undiriladigan davlat boji bekor qilinishi mumkin

Ma’muriy sudlarga murojaat uchun undiriladigan davlat boji bekor qilinishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun, 17-oktyabrdagi majlisida «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga ma’muriy sudlarga shikoyat qilish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Ushbu qonun loyihasi bilan har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida ma’muriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlaridan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etish belgilanmoqda. 

Shuningdek, deputatlar majlisda «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonuniga ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolarga qulay sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi.

Qonun loyihasi bilan fuqarolarga davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qaror va harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat qilganda BHMning 70 foizi miqdori (amalda 1 baravari, -tahr.)da davlat boji to‘lashi nazarda tutilmoqda.

Har ikki qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring