Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mening birinchi uyim» dasturi Zangiota tumanidan boshlanadi

«Mening birinchi uyim» dasturi Zangiota tumanidan boshlanadi

«Mening birinchi uyim» dasturining birinchi bosqichi tajriba-sinov tariqasida Zangiota tumani «Turkiston» MFYda amalga oshiriladi. Bu borada Prezidentning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Bunda dastur doirasida amalga oshiriladigan qurilish ishlarini muvofiqlashtirish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi «Mening birinchi uyim» dasturini amalga oshirish direksiyasi tashkil etiladi.

Belgilanishicha, Dastur doirasida:

  • ko‘p kvartirali uy-joylar, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini samarali joylashtirish, loyihalashtirish hamda qurish ishlarini tashkil etish Direksiya tomonidan amalga oshiriladi;
  • ko‘p kvartirali uy-joylar, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini loyihalashtirish va qurish ishlarini amalga oshiradigan tadbirkorlik sub’yektlari tender savdolari asosida aniqlanadi.
  • Dastur doirasida quriladigan uy-joylar aholiga imtiyozli va bozor shartlarda realizatsiya qilinadi;
  • imtiyozli uy-joylar oxirgi 5 yil davomida mulk huquqi asosida uy-joyga ega bo‘lmagan oilalarga, 15 foiz miqdorda boshlang‘ich to‘lov asosida 20 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlarida realizatsiya qilinadi;
  • uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga imtiyozli uy-joylar bo‘yicha boshlang‘ich to‘lovining bir qismini qoplash uchun – qat’iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, oylik to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun – besh yil davomida har oylik qat’iy belgilangan 1 million so‘m miqdorida Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar ajratiladi. 

Ma’lumot uchun, mazkur dastur Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va Turkiyaning TOKI davlat kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida Toshkent viloyatida «Mening birinchi uyim» yangi ipoteka dasturi boshlanishi va Dastur doirasida, birinchi navbatda turar-joyga ehtiyoji bor hamda yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar qurilishi aytilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring