Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvadan Termizga uchgan samolyot Qozog‘iston aeroportiga qo‘ndirildi

Moskvadan Termizga uchgan samolyot Qozog‘iston aeroportiga qo‘ndirildi

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Moskva – Termiz yo‘nalishida uchayotgan HY 9610 reysi Aqto‘be (Qozog‘iston) xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘ndirildi. Bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan.

Ekipaj bort tagiga tez yordam mashinasini chaqirtirgan.

«Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 14:28 da Aqto‘bega qo‘ndi. Havo kemasi yaqin soatlarda manzil aeroporti – Termizga uchib ketishi kutilmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring