Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mo‘ynoqda eko-yugurish poygasi bo‘lib o‘tadi

Mo‘ynoqda eko-yugurish poygasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 18-aprel kuni Mo‘ynoq shahrida tabiatni muhofaza qilish va Orol dengizini tiklashda ishtirok etishni rag‘batlantirish, bog‘ yaratish uchun ko‘chat o‘tqazish  maqsadida «Aral Dea Eco Race» poygasi o‘tkaziladi.

«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, eko-yugurishning umumiy masofasi 2 kilometrni tashkil qiladi. Ishtirokchilar boshlang‘ich nuqtadan boshlab, daraxt ekish joyiga qadar 1 km yugurishadi. Ekish maydonchasida ishtirokchilar taqdim etilgan asboblardan foydalangan holda daraxt ekishadi. Daraxtlar ekilgandan so‘ng, ishtirokchilar start chizig‘iga qaytib ketishadi. Marra chizig‘ida har bir ishtirokchi tabiatni tiklash loyihasidagi ishtiroki uchun ramziy daraxt ko‘rinishidagi medalni oladi.

Har bir ishtirokchining raqamiga o‘zining noyob chipi biriktirilgan bo‘lib, u daraxt ekish faktini qayd etadi.

Musobaqadan so‘ng o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida eng tezkor uchta erkak va uch ayol esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

«Aral Dea Eco Race» nafaqat salomatlik va jismoniy faollikni mustahkamlash, balki atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish va uni muhofaza qilishda faol ishtirok etishga undaydi.

Eko-yugurish musobaqasida qatnashishni xohlovchilar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring