Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noqonuniy qurilishlar haqida xabar berish uchun mobil ilova ishga tushiriladi

Noqonuniy qurilishlar haqida xabar berish uchun mobil ilova ishga tushiriladi

Investitsiya dasturlari va tashabbusli budjetlashtirish asosida moliyalashtiriladigan qurilish loyihalarini amalga oshirishning yangi tartibi belgilanmoqda.

Bu haqda «Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida belgilab qo‘yildi.

Ushbu qarorga ko‘ra, ob’yektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari «Shaffof qurilish» axborot tizimida inson omilisiz aniqlanadi.

Hozirda esa qurilish sohasida davlat xaridlari bir nechta tizimlarda: «Shaffof qurilish» axborot tizimida, «xarid.uzex.uz» platformasida hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, 2023-yil 1-martga qadar qurilish ob’yektlarida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda kamchiliklar va qonun buzilishi holatlarini aks ettiruvchi foto va video materiallarni yuklash imkonini beruvchi «Shaffof qurilish» axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda reyting va tender yuzasidan shikoyatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tizimli amalga oshirilmasligi murojaatlarni o‘z muddatida hamda samarali hal qilish imkonini bermayapti.

Bundan tashqari, buyurtmachi bilan loyihachi va pudratchilar o‘rtasidagi shartnomalar faqat elektron raqamli imzo orqali tuziladi.

Shuningdek:
– manzilli ro‘yxatlar ulardagi har bir ob’yektga identifikasiya raqami berilgan holda elektron tizimda yuritiladi.
– xavf-xatar toifasidan qat’i nazar barcha ob’yektlar vakolatli organdan elektron ro‘yxatdan o‘tkaziladi va nazoratga olinadi.
– ob’yektlar yuzasidan hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring