Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusga uchgan samolyot qalin tuman sababli qo‘shni aeroportga yo‘naltirildi

Nukusga uchgan samolyot qalin tuman sababli qo‘shni aeroportga yo‘naltirildi

«Humo Air» aviakompaniyasining HJ-021 «Toshkent-Nukus» yo‘nalishida uchgan Airbus-320-233 samolyoti Nukusda qalin tuman tufayli (ko‘rish masofasi 200 metrgacha cheklangan) Nukus xalqaro aeroportiga qo‘na olmadi va qo‘shni aeroportga yo‘naltirildi.

Eslatib o‘tamiz, «Humo Air» joriy yilning 15-dekabridan Toshkentdan viloyatlarga muntazam qatnovlarni amalga oshira boshlagan edi. Dastlabki reys ham o‘sha kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:41 da Toshkent - Nukus yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan.

Aviakompaniya ichki yo‘nalishlarga chiptalar narxi 99 ming so‘mdan boshlanishini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring