Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Odam savdosida gumonlanib qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Istanbulda qo‘lga tushdi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Istanbulda qo‘lga tushdi

Joriy yilning 6 may kuni O‘zbekiston va Turkiya IIV hamkorligida amalga oshirilgan tezkor tadbirda Istanbul shahrining Fatix tumanida firibgarlik va odam savdosi jinoyatini sodir etishda gumon qilingan 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Rahimov Ozod Sa’dulloyevich qo‘lga olindi.

O.Rahimov Samarqand viloyatida fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda, shuningdek, Istanbul shahrida bo‘lgan davrida 2022-2023 yillar mobaynida bir qancha O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini Turkiya-Ispaniya-Nikaragua-Meksika yo‘nalishi bo‘ylab AQShga yuborishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan ularning har biridan 10-15 ming AQSh dollari olib, o‘zining shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborganlikda gumon qilinmoqda.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi mazkur shaxsning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan vatandoshlardan Bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston IIVga xabar berishni so‘ramoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring