Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rmon fondi yerlari ijaraga beriladi – loyiha

O‘rmon fondi yerlari ijaraga beriladi – loyiha

2023-yilning 1-yanvaridan boshlab o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish mexanizmi joriy etiladi.

Bu boradagi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, bundan tushgan mablag‘lar kelgusida mazkur hududlarda to‘liq o‘rmon barpo qilishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, 2023-2025-yillarda o‘rmon fondining o‘zlashtirilmagan, suv bilan ta’minlanmagan, o‘rmon bilan qoplanmagan yerlarini ijaraga olgan ijarachilar tomonidan o‘z xisobidan o‘zlashtirib, sug‘orish tizimlarini joriy qilganda quyidagi shartlarda ijara to‘lovining «nol» stavkasini qo‘llash rejalashtirilmoqda:

  • oziq-ovqat ekinlari (dukkakli, moyli, boshoqli ekinlar, sabzavot, poliz) va dorivor o‘simliklar plantatsiyalari barpo etilganda — uch yil davomida;
  • yangidan bog‘ va tokzorlar hamda tez o‘suvchi daraxtlar (pavlovniya, terak) barpo etilgan maydonlarga — besh yil davomida;
  • o‘rmon fondining cho‘l hududlarida cho‘l o‘simliklari (saksovul, cherkez, qandim, qoraburoq) va tog‘ va tog‘oldi hududlarida yong‘oq mevali bog‘lar (pista, bodom, yong‘oq) plantatsiyalari barpo etilganda — o‘n yil davomida.

Bundan tashqari ijaraga oluvchining yerni auksionda sotib olish qiymati BHMning 100 barobaridan 200 barobarigacha bo‘lganda 1 yil, 200 barobaridan yuqori bo‘lganda 3 yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

O‘rmon fondi yerlaridan unumli foydalanish maqsadida ijaraga berilgan maydonda kapital qurilish ishlarini olib borish, ya’ni turli bino va inshootlar qurish, chorva mollarini haydab boqish ta’qiqlanadi.

Mazkur maydondan foydalanish bilan bog‘liq vaqtinchalik foydalanish uchun yengil konstruksiyali yoki yig‘ma binolar o‘rnatishga ruxsat beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring