Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondagi veb-resurslarga bir yilda 11 milliondan ortiq kiberhujum uyushtirilgan

O‘zbekistondagi veb-resurslarga bir yilda 11 milliondan ortiq kiberhujum uyushtirilgan

Satatistik malumotlar tahliliga ko‘ra, Respublika Kiberavfsizlik markazining avtomatlashtirilgan tizimlari yordamida 2023-yilda qayd etilgan tarmoq hujumlarining intensivligida sezilarli o‘sish kuzatilib, 2022-yilga nisbatan mazkur ko‘rsatkich 148 foizga ortgan. Ya’ni bu boradagi ko‘rsatkich 4 mln 433,8 mingdan 11 mln 20,2 mingtaga ko‘paygan.

Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi hisobotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2023-yilda amalga oshirilgan kiberhujumlarning geografik jihatdan taalluqliligi tahliliga ko‘ra, Niderlandiya (759,5 mingta), AQSh (696,6 mingta), Rossiya (100 mingta), Germaniya (58 mingta), Hindiston (53 mingta) va Xitoy (51 mingta) hududidagi IP-manzillardan eng ko‘p kiberhujumlar uyushtirilganligi kuzatilgan.

Monitoring tizimiga ulangan veb-resurslarga uyushtirilgan kiberhujumlarning turlari orasida eng ko‘p qo‘llanilganlari quyidagicha taqsimlangan:

  • SQL-in’yeksiya – 18,55 foiz;
  • Protokollarni majburiy qo‘llash – 18,17 foiz;
  • Cheklangan faylga ruxsatsiz kirish – 17,13 foiz;
  • Kodni masofadan tarib bajarish – 15,70 foiz;
  • Zararli kodlarni yuborish – 14,76 foiz;
  • Shubhali so‘rovlar – 6,33 foiz;
  • PHP ma’lumotlari tarqalishi – 6,06 foiz;
  • PHP-in’yeksiya hujumi – 2,36 foiz;
  • Java ma’lumotlari tarqalishi – 0,35 foiz;
  • Protokol bo‘yicha hujum uyushtirish – 0,32 foiz.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring