Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident kredit foiz stavkalarini tushirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident kredit foiz stavkalarini tushirish bo‘yicha topshiriq berdi

Yig‘ilishda bank tizimi barqarorligini ta’minlash hamda kredit foiz stavkalarini tushirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. 

Bozor mexanizmlari asosida kredit stavkalarini kamida 2-3 foizga tushirish muhimligi qayd etildi.

«Banklar resurs yo‘qligi sababli kredit foizi yuqori, deyishga o‘rganib olgan. Vaholanki, muammoli kreditlarni undirishni o‘zidan 25 trillion so‘mlik kreditga resurs topsa bo‘ladi.

Masalan, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryoda muammoli kreditlar ulushi 10 foizga yetgan», – deydi davlat rahbari.

Tarmoq rahbarlari, hokimlar 9 trillion so‘m kreditlar hisobiga ishga tushgan 2 ming 342 ta loyiha past quvvatda ishlayotganini tahlil qilib, ularning muammolarini hal qilishda ko‘maklashmayotgani tanqid qilindi.

Qayd etilishicha, endilikda Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman kredit olgan korxonalarning to‘liq quvvatda ishlab ketishiga ko‘maklashadi.

Hokimlar, banklar kredit berishdan oldin loyiha qancha ish o‘rin yaratishi, budjetga qancha tushum bo‘lishini hisob-kitob qilish tizimiga o‘tadi va samarasiga shaxsan javob beradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring