Rossiyada yetkazib berish xizmatidagi o‘zbekistonliklar jiddiy ogohlantirildi
Mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar orasida Internetdagi e’lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelayotganini bildirmoqda.
Qayd etilishicha, norasmiy kurerlik xizmatlarida ularga narkotik yoki ta’qiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lmoqda.
«Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter