Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rus kompaniyasi Andijonda quyosh panelli elektr stansiyasini quradi

Rus kompaniyasi Andijonda quyosh panelli elektr stansiyasini quradi

Ayni kunlarda hamkorlik masalalari bo‘yicha Moskvada bo‘lib turgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi Andijon delegatsiyasi «Zarubejneft» AJning bosh ofisida kompaniya direktori Sergey Kudryashov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Andijon viloyatida qiymati 100 million dollar bo‘lgan (1-bosqichda 18 megavatt, 18 million dollar) 2024-2026 yillarda jami 100 megavatt quvvatga ega quyosh panelli elektro stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Shuningdek, Andijon viloyati hokimi shu yerning o‘zida «Rosatom» davlat korporatsiyasining «Spetsialnaya energiya» sho‘’ba korxonasi va «Zarubejneft» AJ bilan qiymati 100 million dollarlik maishiy chiqindilarni qayta ishlash va elektr energiya ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha korxona rahbariyati bilan muzokaralarni yakunlab, uch tomonlama shartnoma imzolagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring