Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Putinni Prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Putinni Prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiya prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi.

O‘zbekiston yetakchisi o‘z maktubida saylovchilarning yuqori faolligi va ovoz berish natijalari aholi Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturiga ishonch bildirayotgani va ularni qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganining navbatdagi yorqin namoyishi bo‘lganini ta’kidlagan.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Rossiya prezidentiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring