Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokorga stul uloqtirgan «qahramon»ga jinoyat ishi ochildi

Shifokorga stul uloqtirgan «qahramon»ga jinoyat ishi ochildi

Kecha, 21-noyabr kuni Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasida 22 yoshli fuqaroning shifoxona xodimiga stul uloqtirilgani aks etgan videotasvir tarqalgan va turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

SSV bergan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro S.A. (talaba) o‘sha kuni qabulxonaning yuz-jag‘ jarrohligi xonasiga sog‘ligidagi muammo sabab murojaat qilgan. Bu paytda shifokor D. Muhitdinova navbatchilikda bo‘lgan.

Fuqaro shifokor tomonidan ko‘rilgan va tegishli tartibda virusolog-mutaxassis ko‘rigiga yuborgan. Bundan esa fuqaro va uning yaqinlari norozi bo‘lib, shifokorga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgan va unga qarata stul otgan.

Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Ayni paytda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring