Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli shoir G‘ulom Fathiddin vafot etdi

Taniqli shoir G‘ulom Fathiddin vafot etdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a’zosi, taniqli shoir G‘ulom Fathiddin vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Janoza namozi bugun soat 11:00da Rishton tumani Vohim qishlog‘i Vohim ko‘chasi 20-uyda o‘qiladi.

Ma’lumot uchun, G‘ulom Fathiddin 1955 yilda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi Vohim qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDU (bugungi Milliy universitet)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. Bir necha she’riy to‘plamlari nashr etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring