Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi yo‘lovchi avtobuslar tarkibi 200 ta elektrobus bilan yangilanadi

Toshkentdagi yo‘lovchi avtobuslar tarkibi 200 ta elektrobus bilan yangilanadi

2024-2030 yillarda «Toshshahartransxizmat» AJ avtobuslari harakati tarkibiga qo‘shimcha 1 200 dona elektrobus xarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Bu haqda O‘zA ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, jumladan, 2024-yilda harakat tarkibini 200 dona elektrobus bilan yangilash orqali zararli moddalar miqdorini yillik 4,6 ming tonnagacha kamayishiga erishish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun korxonaning avtobus saroyi filiallarida 2 ming 17 dona harakat tarkibi mavjud bo‘lib, shundan 672 donasi dizel yoqilg‘isida (33 foiz), 1 ming 20 donasi tabiiy gaz yoqilg‘isida (50 foiz), 324 donasi elektr energiyasida (17 foiz) harakatlanadi.

2022-2023-yillarda sotib olingan avtobuslarning 58,7 foizi siqilgan tabiiy gazda, 21,4 foizi elektr energiyasida harakatlanadi.

Natijada, harakat tarkibining o‘zidan chiqadigan zararli moddalar miqdori 2022-yilda 5,1 ming tonnani, 2023 yilda 4,8 ming tonnani tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring