Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkmanistondan bir kunda 21,6 mln kVt/soat elektr import qilindi

Turkmanistondan bir kunda 21,6 mln kVt/soat elektr import qilindi

Kecha, 18 fevral kuni Respublikadagi barcha elektr stansiyalar orqali jami 231,4 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 40,3 mln kubometr tabiiy gaz, 26,3 ming tonna ko‘mir hamda 10,7 ming tonna mazut yoqildi.

Energetika vazirligi rasmiysiga ko‘ra, bundan tashqari Turkmanistondan 21,6 mln kVt/soat elektr energiyasi ham import qilingan.

«Shunga qaramay, kecha elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha defitsit 6,4 mln kVt•soatni tashkil etib, mamlakatimiz bo‘ylab kunning tig‘iz vaqtida 400 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘lindi», – deydi vazirlik axborot xizmati rahbari H.Toshxo‘jayev.

Qayd etilishicha, kecha iste’molchilarga jami 225,6 mln kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Tabiiy gaz iste’moli 151,6 mln kubometrni tashkil qildi.

Shuningdek, mamlakatdagi 133 ta metan zapravka orqali ijtimoiy soha – tibbiyot muassasalari hamda shu kabi boshqa ob’yektlarga tegishli avtomobillarga 700 ming kubometr tabiiy gaz yetkazib berildi.

Vazirlik rasmiysi gaz bosimining kamayishini inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida mamlakatdagi barcha «metan zapravka»lar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganini va bu cheklov bugun ham davom etishini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring