Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ustama to‘lanadigan ayrim sertifikatlar bekor qilingani yuzasidan tushuntirish berildi

Ustama to‘lanadigan ayrim sertifikatlar bekor qilingani yuzasidan tushuntirish berildi

Bir muddat avval 2023-2024 o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangani haqida xabar qilingan edi.

Mazkur xabarda ayrim xalqaro sertifikatlar maoshiga ustama beriladigan sertifikatlar ro‘yxatidan chiqarilgani aytiladi.

Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan 13 ta nomdagi xalqaro sertifikatlar ushbu ro‘yxatdan chiqarilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ro‘yxatdan chiqarilgan serntifikatlar bo‘yicha rasmiy izoh berdi. Unga ko‘ra,vakolatli tashkilotlar holatni o‘rganib, mazkur sertifikatlarni berishda onlayn nazorat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan, ya’ni bir shaxs o‘rniga boshqasi kirib topshirib chiqish holatlari mavjud bo‘lgan.

Sertifikatlarning haqqoniyligini tekshirilganda test topshiruvchining shaxsini aniqlash imkoniyati mavjud emas. Ayrim sertifikatlarni berish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida esa  axborot xavfsizligi talablariga to‘liq javob berilmaydi.

«Shunday bo‘lsa-da, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikat egalarining 1-avgustga qadar olgan sertifikatlari uchun sertifikat yakuniga yetish muddatiga qadar ustama to‘lovlari to‘lab borilishi belgilandi», – deyiladi vazirlik xabarida.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring