Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

30 soniyada yurakni qanday tekshirish mumkin?

30 soniyada yurakni qanday tekshirish mumkin?

Foto: «Webinfo.kz»

Hayotimiz bevosita yurakning holatiga bog‘liq. Ushbu a’zoda paydo bo‘lgan muammoni odam hatto sezmasligi ham mumkin. Bor-yo‘g‘i 30 soniya ichida yurak holatini qanday tekshirish mumkin?

Yuragingiz sog‘lom ekaniga ishonch hosil qilish uchun oddiy harakatlarni bajarish zarur. Tekshiruv bor-yo‘g‘i yarim daqiqa vaqtingizni oladi.

Birinchi qadam

Katta tog‘oraga sovuq suv quying. Idish ikkala qo‘l sig‘adigan darajada katta bo‘lishi kerak. Aniqroq natija olish uchun idishga muz soling.

Ikkinchi qadam

Qo‘llaringizni muzli suvga 30 soniya solib turing. Bu sovuq bilan aloqaga kirishganda qoningiz qanday javob qaytarishini aniqlashga yordam beradi.

Ikkita natija olish mumkin

Barmoqlaringiz qizaradi. Agar shunday bo‘lsa, sizni tabriklashimiz mumkin. Qo‘llarning qizarishi yurak va qon aylanishi bilan bog‘liq muammo yo‘qligini anglatadi.

Barmoqlaringiz ko‘karadi yoki bo‘zaradi. Bunday vaziyatda qon aylanishi va qon tomir tizimida muammo bo‘ladi. Bu eritrotsitlarda kislorod kamligi bilan bog‘liq yoki tanaga kislorod tushishida muammo borligini bildiradi. Unda yurak qiynaladi.

Barmoqlar ko‘karsa, qo‘llarni uqalang. Nima bo‘lganda ham, shifokorga murojaat etgan ma’qul. Shunda jiddiy yurak kasalliklarining oldini olasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring