AI rasmlarni “tiriltiryapti”. Sifatsiz foto ham 8K darajaga chiqmoqda!
Sun’iy intellekt sohasida yana bir shov-shuvli yangilanish kuzatilmoqda. Yangi Syntx AI platformasidagi Nano Banana 2 va GPT Image 2 modellari fotosuratlar sifatini deyarli professional darajada yaxshilay boshladi.
Eng qizig‘i — avval neyrotarmoq orqali yaratilgan ba’zi rasmlardagi qo‘g‘irchoqsimon sun’iy yuz effekti endi deyarli yo‘qolmoqda. Apskeyldan keyin inson yuzi ancha tabiiy, tirik va realistik ko‘rinish olayapti.
Yangi texnologiya yuz terisini tabiiylashtiradi, soch tolalarini aniq chiqaradi, kiyim detallarini tozalaydi, fonni artefaktlardan xalos qiladi va foto sifatini 8K darajaga yaqinlashtiradi.
Avval xira yoki sun’iy ko‘ringan tasvirlar endi haqiqiy kamerada olingan rasmdek chiqmoqda. Foydalanuvchilarning aytishicha, eng kuchli farq ko‘zlar, teri teksturasi, lablar va sochlar detalizatsiyasida sezilmoqda.
AI endi terini “plastik” qilib yubormasdan, mayda poralar va tabiiy detallarni ham saqlab qolyapti.
Qanday ishlatish mumkin?
Nano Banana 2 yoki Sora GPT Image 2ga rasmingizni yuklang, keyin esa maxsus prompt yozib, rasmni ultrarealistik formatga o‘tkazishingiz mumkin. AI dizaynerlarning yangi quroliga aylanmoqda. Bu texnologiya ayniqsa blogerlar, dizaynerlar, SMM mutaxassislari, fotograflar Instagram va TikTok kontent yaratuvchilari orasida tez ommalashmoqda. Chunki oddiy rasm ham bir necha soniyada kino posteri darajasida chiqishi mumkin.
Ko‘pchilik esa bu texnologiya yaqin yillarda professional fotoshop va retushning katta qismini almashtirishi mumkinligini aytmoqda.
Promt:
“Optimize the quality of this image without changing its content, atmosphere, composition, or artistic style. Increase resolution and enhance clarity and fine details while maintaining the most natural appearance possible. Improve skin texture to look healthy and realistic with visible pores and subtle imperfections, avoiding over-smoothing or plastic effects. Create an ultra-realistic 8K photograph with a completely photorealistic face. Make the hair more detailed and natural-looking with realistic strands and texture. Enhance clothing and background details, remove AI artifacts and imperfections while preserving the original shapes, colors, shadows, and lighting.”.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter