Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuhrat Mahmudov

Hech qachon o‘qib-o‘rganish uchun kech bo‘ldi demang!

IT-maslahat. Internetda tezkor ishlash uchun klaviaturaning 38 ta kombinatsiyasi

IT-maslahat. Internetda tezkor ishlash uchun klaviaturaning 38 ta kombinatsiyasi

Foto: «fastkeyboardtyping.com»

Ushbu oddiy kombinatsiyalarni o‘zlashtirgan holda siz internetda odatdagidek vaqtingizni sarflashingiz mumkin, lekin yanada ko‘prog‘iga ulgurasiz! Tarmoqdagi qariyb barcha biz uchun odatiy bo‘lgan jarayonlarni bor yo‘g‘i bir juft klavishalar yordamida amalga oshirish imkoni bor.

Telegramdagi @itspecuz kanali qimmatli vaqtingizni tejash uchun sizga ushbu klavishalar kombinatsiyalarini tanishtiradi:

Bo‘limlar bilan ishlash (Rabota s vkladkami):

  1. Ctrl+1-8 – Bo‘lim (Vkladka)lar panelida biz bosgan songa mos tartibda joylashgan bo‘lim (Vkladka)ga o‘tish.
  2. Ctrl+9 – Raqamidan qat’i nazar oxirgi bo‘limga o‘tish.
  3. Ctrl+Tab – Keyingi, ya’ni bitta o‘ngda joylashgan bo‘limga o‘tish.
  4. Ctrl+Shift+Tab – Oldingi, ya’ni bitta chapda joylashgan bo‘limga o‘tish.
  5. Ctrl+W, Ctrl+F4 – Joriy bo‘limni yopish.
  6. Ctrl+Shift+T – Oxirgi yopilgan bo‘limni qayta ochish.
  7. Ctrl+T – Yangi bo‘lim ochish.
  8. Ctrl+N – Yangi brauzer oynasini ochish.

Navigatsiya (Navigatsiya):

  1. Alt+← (Strelka Chapga), Backspace – Bir sahifa orqaga qaytish.
  2. Alt+→ (Strelka O‘ngga), Shift+Backspace – Bir sahifa oldinga o‘tish.
  3. F5 – Sahifani yangilash.
  4. Ctrl+F5 – Keshni inkor qilgan holda yangilash, ya’ni sahifani boshqatdan yuklash.
  5. Esc (Escape) – Sahifani yuklashdan to‘xtatish.
  6. Alt+Home – Uy sahifasi sifatida o‘rnatilgan sahifani ochish.

Masshtablash (Masshtabirovaniye):

  1. Ctrl+«+», Ctrl+Sichqoncha g‘ildiragini tepaga – Kattalashtirish.
  2. Ctrl+«-», Sichqoncha g‘ildiragini pastga – Kichraytirish.
  3. Ctrl+0 – Masshtabni boshlang‘ich holatga qaytarish.
  4. F11 – To‘liq ekranli rejim.

Sahifa bo‘ylab yurish (Prokrutka):

  1. Space, Page Down – Bitta ekran pastga.
  2. Shift+Space, Page Up – Bitta ekran tepaga.
  3. Home – Sahifa boshiga o‘tish.
  4. End – Sahifa oxiriga o‘tish.

Manzil satri (Adresnaya stroka):

  1. Ctrl+L, Alt+D, F6 – Manzil satridagi matnni belgilash.
  2. Ctrl+Enter – Siz tomondan kiritilgan so‘z boshiga www. va oxiriga .com ni qo‘shgan holda sahifani brauzerga yuklaydi.
  3. Alt+Enter – Kiritilgan manzilni yangi bo‘limda ochadi.

Izlash (Poisk):

  1. Ctrl+K, Ctrl+E – So‘rovni kiritish uchun brauzerda o‘rnatilgan qidiruv maydoniga o‘tish.
  2. Alt+Enter – Qidiruv natijalarini yangi bo‘limda ochish.
  3. Ctrl+F, F3 – Joriy sahifa bo‘yicha qidiruv vositasini ochish.
  4. Ctrl+G, F3 – Sahifa bo‘yicha qidiruvni amalga oshirganda keyingi topilgan matnga o‘tish.
  5. Ctrl+Shift+G, Shift+F3 – Sahifa bo‘yicha qidiruvni amalga oshirganda oldingi topilgan matnga qaytish.

Zakladka tarixi (Istoriya zakladki):

  1. Ctrl+H – Kirilgan sahifalar tarixini ochish.
  2. Ctrl+G – Yuklangan ma’lumotlar ro‘yxatiga o‘tish.
  3. Ctrl+D – Joriy saytga zakladkani saqlab qo‘yish.
  4. Ctrl+Shift+Del – Kirilgan sahifalar tarixi, kesh, yuklangan ma’lumotlar ro‘yxati va hokazolarni tozalash vositasini ochish.

Boshqa funksiyalar (Drugiye funksii):

  1. Ctrl+P – Joriy sahifani chop etish.
  2. Ctrl+S – Sahifani doimiy xotira (qattiq disk)ga saqlash.
  3. Ctrl+O – Faylni ochish.
  4. Ctrl+U – Joriy sahifa kodini ko‘rish. IE (Internet Explorer)dan tashqari.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring